Kirish
Nurislom Djumaboyev — Mutaxassis
Axborot xizmati jamoasi

Nurislom Djumaboyev

Mutaxassis
Jamoada 2026-yildan 39 marta ko'rilgan

Nurislom Djumaboyev — O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi axborot xizmati mutaxassis, jamoada 2026-yildan faoliyat yuritadi. Asosiy yo‘nalishi — Motion dizayner.

Faoliyati

**Nurislom Djumaboyev — motion dizayner va 3D animator.** Grafik dizayn, animatsiya va uch o‘lchamli vizualizatsiya yo‘nalishlarida faoliyat yuritadi. Uning kasbiy yo‘li dizayn ta’limi, media va davlat tashkilotlaridagi ijodiy faoliyatni qamrab oladi. 2006-yil 19-aprelda Andijon viloyatining Asaka tumanida tug‘ilgan. 2020–2021-yillarda «Najot Ta’lim»da grafik dizayn, kompozitsiya va tipografiya asoslarini o‘rgangan. 2022-yilda Asaka shahridagi «Axis» o‘quv markazida grafik dizayndan dars berib, pedagogik va kasbiy faoliyatini boshlagan. 2023–2024-yillarda «Qomus» mahsulot ishlab chiqarish markazida grafik dizayner sifatida ishlagan. 2024–2025-yillarda «Fitrat Media» jamoasida animator va grafik dizayner sifatida faoliyat yuritib, harakatli grafika hamda vizual kommunikatsiya yo‘nalishlaridagi tajribasini kengaytirgan. 2025–2026-yillarda «Tasnif Group»da 2D va 3D animator sifatida ishlagan. Bu davrda uning faoliyati uch o‘lchamli vizualizatsiya, sahna dizayni va animatsion yechimlarni ishlab chiqishga qaratilgan. 2026-yildan buyon O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligida motion dizayn va 3D yo‘nalishi bo‘yicha bosh mutaxassis lavozimida faoliyat yuritmoqda. 2023-yildan O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetining media va dizayn yo‘nalishida tahsil olmoqda. Akademik ta’limini dizayn va animatsiya sohasidagi amaliy faoliyati bilan birga olib bormoqda.

Mutaxassisligi

Motion dizayner

Shuningdek qarang