Husniddin Isakov 
Husniddin Isakov — O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi axborot xizmati rahbari, jamoada 2026-yildan faoliyat yuritadi. Asosiy yo‘nalishi — Mediadizayner.
Faoliyati
Husniddin Husanjon o‘g‘li Isakov (2003-yil 19-mart, Qo‘qon) — o‘zbekistonlik mediadizayner. 2026-yildan O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi Axborot xizmati rahbari. Hayoti va ta’limi Husniddin Isakov 2003-yil 19-martda Farg‘ona viloyatining Qo‘qon shahrida tug‘ilgan. Maktab yillaridan boshlab O‘zbekiston yoshlar ittifoqi va “Kamalak” bolalar tashkiloti faoliyatida sardor sifatida ishtirok etgan. 2021-yilda O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetiga o‘qishga kirgan va 2024-yil uni tamomlagan. Yoshlar ittifoqidagi faoliyati 2017–2020-yillarda O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashining faol sardori bo‘lgan (maktab, shahar, viloyat va respublika darajasida). 2019-yilda ittifoq Respublika Sardorlar Kengashi saylovida respublika «Press klub» yo‘nalishi sardori etib saylangan. 2019–2020 va 2021–2023-yillarda O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi «Kamalak» bolalar tashkiloti axborot xizmati rahbari bo‘lib ishlagan. 2020-yilda ittifoq Markaziy Kengashi grantini yutib olgan. Shu grant asosida Farg‘ona viloyatida 14 ta hududiy va 19 ta tuman (shahar) «Press klub» sardorlari ishtirokida o‘tkazilgan I Respublika “Kamalak” media forumiga asos solgan. 2021-yilda “O‘zbekiston yoshlar forumi – 2021”ni o‘tkazishda tashkilotchilardan biri bo‘lgan. 2021–2023-yillarda har yili 600 nafardan ortiq o‘quvchi-sardorlar ishtirok etadigan “Kamalak” bolalar tashkiloti sardorlarining an’anaviy anjumanlarini tashkil etishda ishtirok etgan. Media va davlat xizmatidagi faoliyati 2019-yilda qisqa muddat “Tohir Bag‘dod” telekanalida operator bo‘lib ishlagan. 2020–2024-yillarda Yoshlar ishlari agentligi Axborot va media xizmatida shartnoma asosida mutaxassis bo‘lib ishlagan. 2020-yildan buyon yoshlar siyosati bo‘yicha davlat rahbari uchun 50 dan ortiq taqdimot va infografika dizaynini tayyorlagan. 2022-yilda Hindistonning Chennai shahrida o‘tkazilgan Butunjahon shaxmat olimpiadasida ishtirok etgan. FIDE kongressida 46-Butunjahon shaxmat olimpiadasi mezbonligi uchun O‘zbekiston taqdimotining dizaynini tayyorlagan. 2024–2026-yillarda “Fitrat Media Group” MChJ direktori bo‘lgan. 2026-yildan O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi Axborot xizmati rahbari. Ta’lim va ijodiy loyihalar 2025-yildan «Ustoz AI» platformasida yoshlar uchun grafik dizayn bo‘yicha video darslar tayyorlab kelmoqda. Sun’iy intellekt texnologiyalari yordamida tarixiy shaxslar obrazlarini zamonaviy ko‘rinishda qayta tiklash loyihalari bilan shug‘ullanadi. Xalqaro va respublika tadbirlarida ishtiroki 2020 — BMT vakolatxonasi va «Zamin» fondi tomonidan Jahon bolalar kuniga bag‘ishlab o‘tkazilgan «Bolalarning ta’lim olish huquqlari: pandemiya davrida dolzarbligi, uzluksizligi va innovatsiyalar» xalqaro forumi. 2022 — O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining inauguratsiya marosimi. 2022 — Buxoroda o‘tkazilgan Turkiy davlatlar tashkilotining «IV Yosh liderlar» forumi. 2022 — Chennaidagi Butunjahon shaxmat olimpiadasi. Mukofotlari 2018 — Farg‘ona viloyatida «Yilning eng yaxshi yosh matbuotchisi» nominatsiyasi g‘olibi; 2022 — “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga 30 yil” ko‘krak nishoni; 2026 — “O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi” ko‘krak nishoni.